3 Fevral 2025, 13:36 Oʻzbekiston

Ish haftasi davomida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Ish haftasi davomida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” agentligi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida kechalari biroz sovuq bo‘lishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari esa havo harorati 8-11 daraja atrofida bo‘ladi.

Chorshanba va payshanba kunlari kechalari 0-3 daraja, kunduz kunlari 12-15 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda harorat asosan kechalari 0/-5 daraja, kunduz kunlari 4-9 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida 3–7-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 3–4 fevral kunlari kechalari 0/-2 daraja, kunduz kunlari 8-10 daraja bo‘ladi. Harorat 5–7 fevral kunlari kechalari 1-3 darajagacha, kunduz kunlari 12-15 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Mashhur yangiliklar