Nodirbek Abdusattorov nufuzli turnir sovrindori bo‘ldi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Tata Steel Chess 2025 musobaqasini 3-o‘rinda yakunladi.

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess—2025 musobaqasi kecha, 2-fevral kuni yakuniga yetdi.
13-turda Masters guruhida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Pentala Harikrishnaga qarshi bahs olib bordi. O‘zbekistonlik shaxmatchi Hindiston vakili bilan durang o‘ynadi va turnirni 8 ochko to‘pladi. Shunday qilib, Abdusattorov musobaqani 3-o‘rinda yakunladi.
19 yoshli hindistonlik shaxmatchi Rameshbabu Pragnanandha Tata Steel Chess Masters 2025 chempioni bo‘ldi. U tay-breykda amaldagi jahon chempioni, 18 yoshli vatandoshi Gukesh Dommarajuni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Challenger guruhida qatnashgan Nodirbek Yakubboyev ketma-ket uchta g‘alabaga qaramay uchlikdan joy ololmadi. So‘nggi turda Nodirbek Yakubboyev Lu Miaoyi ustidan g‘alabaga erishdi va xuddi Abdusattorovdek 8 ochko to‘pladi.
Challengers turnirida Van Nguyen g‘olib chiqdi. U 12 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi. Bu ajoyib natija unga kelgusi yilgi Masters musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Gulruhbegim Tohirjonova endi O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi Shaxmat. Javohir Sindorov Hikaru Nakamurani mag‘lub etdi Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi Yangilan FIDE reytingidan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi
Soʻnggi yangiliklar







