3 Fevral 2025, 07:26 Oʻzbekiston

3-fevral kuni ob-havo qanday boʻlishi aytildi

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

3-fevral kuni ob-havo qanday boʻlishi aytildi

“Oʻzgidromet” 3-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Mashhur yangiliklar