Kelgusi hafta uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
Unga ko‘ra, kelgusi haftada O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

“O‘zgidromet” 3-5 fevral kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-4 fevralda 3-8 daraja iliq, 5 fevralda 5-10 daraja iliq bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 3-4 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo’ladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-4 fevralda 3-8 daraja iliq, 5 fevralda 5-10 daraja iliq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida harorat 3-4 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 3-4 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat 3 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 4 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘gli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







