O‘zbekiston va Ozarbayjon ID kartalarni o‘zaro tan olishni muhokama qilmoqda
Bu O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda

31-yanvar kuni O‘zbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasi bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Tomonlar bu o‘zgarishni fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
ID kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi. Bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







