Giyohvandlik vositalarini dorixona orqali realizatsiya qilish tartibi belgilandi
Endilikda giyohvandlik vositalari maxsus pushti retsept blanka asosida beriladi.

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:
- dorixona mudiri;
- farmatsevt (provizor);
- dorixona farmatsevti assistenti.
Giyohvandlik vositalari maxsus pushti retsept blanka asosida beriladi.
Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur bo‘lgan retsept blankalari Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.
Bir dona retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak.
Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari bo‘yicha berilgan retseptlar besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, bo‘limlarida esa uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 8 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Ikki kunlik “Qoradori” tadbirida 112 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi O‘zbekistonda 1300 ga yaqin dorixonada dori vositalari narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi Toshkent viloyatidagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi
Soʻnggi yangiliklar







