29 Yanvar 2025, 10:50 Sport

Husayn Norchayev Portugaliya klubiga o‘tishi mumkin

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Portugaliyaning yetakchi klubida davom ettirishi mumkin.

Husayn Norchayev Portugaliya klubiga o‘tishi mumkin

Vladikavkazning “Alaniya” klubining 22 yoshli o‘zbekistonlik hujumchisi Husayn Norchayev faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi xizmatlariga Portugaliyaning “Braga” klubi qiziqish bildirmoqda. Norchayev tibbiy ko‘rikdan o‘tish oldidan Portugaliya vizasi bo‘yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Husayn Norchayev 2023 yilning fevral oyida Qarshining “Nasaf” klubidan “Alaniya”ga ko‘chib o‘tgandi. Transfer summasi 300 ming yevroni tashkil qildi. Norchayev o‘tgan yilning dekabrigacha Farg‘onaning “Neftchi” klubida ijara asosida o‘ynadi. O‘zbekiston Superligasida esa 15 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mashhur yangiliklar