28 Yanvar 2025, 16:02 Oʻzbekiston

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylandi

Mirzanozim Doʻstmurodov “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi lavozimiga saylandi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylandi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kompaniyaning Boshqaruv raisi lavozimiga Mirzanozim Doʻstmurodov saylandi.

Mirzanozim Doʻstmurodov 1956-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1979-yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.

Ish faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan boshlagan.

M.Doʻstmurodov turli yillarda Toshkent temiryoʻllar kasalxonasi shifokori, bosh vrach oʻrinbosari, Protez-ortopediya reabilitatsiya markazi bosh vrachi, “Optomedik” MChJ direktori, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati raisining birinchi oʻrinbosari, “Protezist” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi bosh direktori, “Oʻzfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni boshqaruv raisi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi kabi masʻul lavozimlarda ishlagan.

Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Mirzanozim Doʻstmurodov tayinlovga qadar “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni ”tugatish komissiyasi» raisi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Bungacha “Dori-Darmon” kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimini Umida Solihboyeva egallab kelayotgan edi.

Mashhur yangiliklar