Jizzaxda milliy sertifikat olishda yordam berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Jizzax shahar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda fuqaro R.M. Jizzax shahridagi “E.” oʻquv markazida oʻquvchi abituriyentlarga oliy oʻquv yurtlariga kirishi uchun kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishi evaziga oʻquv markazi xodimi Sh.X.dan firibgarlik yoʻli bilan 156 mln soʻm va 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Andijonda fuqarolarni Yaponiyaga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Samarqandda 2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







