Toshkent viloyatidagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi
Chirchiq shahrida 31 yoshli shaxs dorixonaga bostirib kirib, sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilgan va kassadan 700 ming so‘m pulni olib qochgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxs dorixonaga pichoq ko‘tarib kirib, sotuvchidan pul talab qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, holat Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi dorixonalardan birida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, voqea 13 yanvar kuni soat taxminan 23:05lar atrofida sodir etilgan.
“Har kunlik ish faoliyatimni olib borayotgandim. Soat 23:00da dorixonani yopib, kassaning oldiga kelganimda notanish shaxs dorixonaga bostirib kirdi. So‘ngra qarshilik qilishimga qaramasdan pichoq bilan tahdid qilib, kassadan taxminan 700 ming so‘m atrofidagi pulni olib ketdi”, degan dorixona sotuvchisi.
Shundan so‘ng sotuvchi “102”ga qo‘ng‘iroq qilgan va voqea joyiga tezkor xodimlar yetib borishgan. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs shu kunning o‘zida aniqlanib, protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Yigit o‘sha vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganini, nima ish qilib qo‘yganini bilmay qolganini bildirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib bosqinchilik sodir qilish, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olgan shaxs 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi Bo‘kada yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni bosib ketdi Toshkentda bosqinchilar kuryerdan 180 ming dollarni oʻmarmoqchi boʻlishdi Andijonda 11 yil oldin bosqinchilik qilgan shaxs ushlandi Toshkent shahri va viloyatidagi 70 ta issiqxonada nostandart qozonxonalardan foydalanilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







