Ayrim tadbirkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi
O‘zbekisitonda yuridik shaxslarning joylashgan yeri o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.
13-yanvar kuni prezident tomonidan imzolangan qonun [O‘RQ-1018-son] bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qildi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinadi Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Aholining hayotiga xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi