O‘zbekistonda 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyada ushlandi
U joriy yilning 11 yanvar kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan 1969-yilda tug‘ilgan I.U. 2025-yil 11-yanvar kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Bosh konsulxona ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.
Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etdi Rossiyadagi aeroportda o‘zbekistonlik erkak odamlarga pichoq o‘qtaldi Ikki viloyatda “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib yuborgan haydovchi qamaldi Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi