10 Yanvar 2025, 16:10 Oʻzbekiston

Surxondaryoda 112 mln so‘mlik marixuana savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryoda 112 mln so‘mlik marixuana savdosiga chek qo‘yildi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro E.N. va M.A.lar ikki dona qora rangli polietilen paketga solingan o‘ziga xos o‘tkir hidli, yashil rangdagi moddalarni shartli xaridorga 112 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Ushbu moddalar ekspertizadan o‘tkazilganda sof vazni 850 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar