Namangada FVB boshlig‘i 160 ming dollar bilan ushlandi
Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Pop tumani FVB boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Guliston shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroni shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi Namangandagi ayanchli avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi Namanganda ikki kishini Hajga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi Qashqadaryoda operatsiya uchun bemoridan pul olgan shifokor jarimaga tortildi Namanganda 15 kunlik chaqaloq tamaddixona oldiga tashlab ketildi