Namangandagi ayanchli avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi
Chust tumanida boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti Damas va Labo rusumli mashinalarga borib urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanida daxshatli avtohalokat sodir bo‘lgani va oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 yanvar kuni soat 08:45larda Chust tumani “Qorakapa” MFY hududidan o‘tgan D-116 “Chust-Axcha-Pop” avtomobil yo‘lining 8-kilometrida Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas va Labo rusumli trasnport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Qayd etish kerakki, vafot etganlar haqida rasmiy axborot e’lon qilinmagan va hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilayotgani bildirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi
Soʻnggi yangiliklar







