Surxondaryoda o‘quvchilar sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilindi
Denov tumanida o‘quvchilar Madaniyat boshqarmasi topshirig‘iga ko‘ra sovuq havoda yengil bayramona kiyimlarni kiygan holda tadbirga jalb qilingan.
Surxondaryoda o‘quvchilar sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilingani aniqlanib, bunga sabab bo‘lgan mansabdorlar intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Aniqlanishicha, 2024-yil 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi, temiryo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik foydalanishga topshirilib, ko‘prikning ochilish marosimiga sovuq ob-havoda Denov tumanidagi 14 va 16-sonli musiqa maktablarining o‘quvchilari (16 nafar qiz hamda 4 nafar o‘g‘il bola) tumanning Madaniyat boshqarmasi topshirig‘iga ko‘ra yengil bayramona kiyimlarni kiygan holda jalb qilingan.
Ushbu holat yuzasidan bolalar ombudsmani Madaniyat vazirligiga bolalarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ygan mas’ullarga tegishli chora ko‘rish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritgan.
Taqdimnoma Madaniyat vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilib, bolalarning sog‘lig‘i xavf ostiga qo‘yilgani yuzasidan hududning tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llangan.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonunbuzilish holatlariga takroran yo‘l qo‘ymaslik, o‘quvchilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilishni qat’iyan taqiqlash choralarini ko‘rishga oid ko‘rsatmalar berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda 112 mln so‘mlik marixuana savdosiga chek qo‘yildi Surxondaryoda ona 15 yoshli qizini doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi