1 fevraldan yotoqli poyezdlar chiptasi ham qimmatlashadi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” buni temir yo‘l vokzallari faoliyatini ta’minlash bilan izohlagan.
1 fevraldan e’tiboran tezyurar bo‘lmagan (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chiptasi ham qimmatlashadi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining ma’lum qilishicha, mahalliy yo‘nalishlardagi chipta narxining tarif qismi 10,5 foizga oshiriladi.
Bu – yo‘lovchi tashish sohada moliyaviy zararlarni nisbatan qisqartirish, temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini ta’minlash bilan izohlangan.
Avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari” 1 fevraldan boshlab tezyurar poyezdlar uchun chiptalar narxi oshirilishini ma’lum qilgandi: “Afrosiyob” – 20-25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” chiptalari 30 foizga qimmatlashadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent avtobuslarida yoʻl haqini naqd pulda toʻlaganlar jarimaga tortilishi rad etildi Toshkentda avtobusda yo‘l haqini naqd pulda toʻlashga uringanlar jarimaga tortiladi Toshkent va Moskva o‘rtasida temiryo‘l qatnovlari tiklanadi Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga nisbatan jarima qo‘lladi Barcha avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini yagona platforma orqali olish mumkin bo‘ladi