6 Yanvar 2025, 14:16 Oʻzbekiston

Ikki hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

Qashqadaryoning ikki hududida qariyb 700 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Ikki hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

Qashqadaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Sh.K.” MChJ va “O” MChJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada jami 588,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, G‘uzor tumanida “T.T.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda jami 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar