6 Yanvar 2025, 11:57 Oʻzbekiston

​​​​​​​Andijonda mashina ichiga isitish pechi o‘rnatgan blogerga chora ko‘rildi

​​​​​​​Andijon viloyatida Kia K5 tomini teshib, unga isitish pechi o‘rnatgan shaxs javobgarlikka tortildi.

​​​​​​​Andijonda mashina ichiga isitish pechi o‘rnatgan blogerga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlardan biri yengil mashina tomini teshib, unga isitish pechi o‘rnatgani tasvirlangan video tarqaldi.

Hodisa 2024 yil 2 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Bloger o‘zining Kia K5 rusumli shaxsiy mashinasining tom qismini teshib, unga isitish pechi o‘rnatgan.

So‘ng isitish pechini yoqib, unda choy qaynatgan va shu holda mashinani ko‘chalarda boshqargan.

IIV axborot xizmatining xabar berishicha, blogerning ushbu ishlari yo‘l harakati qoidalarini buzish hamda jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik hisoblanadi. Shuningdek, u transportda xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan.

“Bu kun” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tezkor surishtiruv o‘tkazib, qoidabuzar blogerni topgan.

So‘ng unga nisbatan MJtKning tegishlari moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Mashina vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, qoidabuzarga nisbatan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ham MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mashhur yangiliklar