27 Dekabr 2024, 12:34 •Oʻzbekiston
Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
Prezidentning tegishli qarori bilan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.
“Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
- Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.
Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.
Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
- tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;
- telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.
2025-2026 o‘quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 oktyabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Leyli Seytova Qoroqalpog‘iston Ekologiya vaziri bo‘ldi Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi Ikki hududda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
28 Dekabr 2024, 19:07Namanganda 15 kunlik chaqaloq tamaddixona oldiga tashlab ketildi
28 Dekabr 2024, 18:09O‘zbekiston 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlatiga aylanadi
28 Dekabr 2024, 17:012025 yil boshi dollar kursi tushishi bilan boshlanadi
28 Dekabr 2024, 16:10Surxondaryoda ona 15 yoshli qizini doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi
28 Dekabr 2024, 15:04Allamjonovga suiqasd ishi doirasida ikki rossiyalik qidiruvga berilgani tasdiqlandi
28 Dekabr 2024, 14:11UzAutoMotors bosh direktori Bo Andersson o‘z faoliyatini yakunladi
28 Dekabr 2024, 13:18Toshkent viloyatida ayol 4 yashar qizini ayovsiz kaltakladi
28 Dekabr 2024, 12:25