27 Dekabr 2024, 10:48 •Oʻzbekiston
Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Bayram munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
28-dekabrdan 5-yanvarga qadar Toshkentdan Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Tashkilot matbuot xizmatiga ko‘ra, bu Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar UzAutoTrans Service korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi, Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Yo‘lkira narxi — 20 000 so‘m.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda bayram munosabati bilan ayrim koʻchalar yopildi Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi Qishki taʼtilda qoʻshimcha poyezd qatnovlari va vagonlar qoʻshilmoqda Yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borish topshirildi Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklandi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
28 Dekabr 2024, 19:07Namanganda 15 kunlik chaqaloq tamaddixona oldiga tashlab ketildi
28 Dekabr 2024, 18:09O‘zbekiston 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlatiga aylanadi
28 Dekabr 2024, 17:012025 yil boshi dollar kursi tushishi bilan boshlanadi
28 Dekabr 2024, 16:10Surxondaryoda ona 15 yoshli qizini doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi
28 Dekabr 2024, 15:04Allamjonovga suiqasd ishi doirasida ikki rossiyalik qidiruvga berilgani tasdiqlandi
28 Dekabr 2024, 14:11UzAutoMotors bosh direktori Bo Andersson o‘z faoliyatini yakunladi
28 Dekabr 2024, 13:18Toshkent viloyatida ayol 4 yashar qizini ayovsiz kaltakladi
28 Dekabr 2024, 12:25