Qishki taʼtilda qoʻshimcha poyezd qatnovlari va vagonlar qoʻshilmoqda
Qishki ta’til vaqtida Toshkentdan Samarqand va Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qoʻshimcha qatnovlar 15-dekabrdan 12-yanvargacha ikkita yoʻnalishda tashkil etiladi va yana toʻrtda yoʻnalishda qoʻshimcha vagonlar qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17-dekabrdan boshlab Toshkent-Urganch-Toshkent yoʻnalishida 18 ta, 15-dekabrdan esa Samarqand-Toshkent-Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdiga qoʻshimcha 30ta qatnov amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshimcha vagonlar qoʻyiladi:
- Toshkent-Qoʻngʻirot-Toshkent;
- Toshkent-Termiz-Toshkent;
- Toshkent-Urganch-Toshkent;
- Toshkent-Sariosiyo-Toshkent.
Mazkur yoʻnalishlar uchun 20-dekabrdan boshlab har kuni 4 ta qoʻshimcha plaskart vagonlari qoʻshiladi.
Bundan tashqari, barcha mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlarga chegirma eʼlon qilingan. Arzonlashtirilgan narxlar 23-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi. Biroq, chegirmalar SV/VIP klass vagonlariga va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdiga taqdim etilmaydi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda bayram munosabati bilan ayrim koʻchalar yopildi Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi Yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borish topshirildi Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklandi Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadigan manzillar elon qilindi