16 Dekabr 2024, 14:24 Oʻzbekiston

Samarqandda oʻquvchini kaltaklagan direktor oʻrinbosariga “hayfsan” berildi

Samarqand viloyatida oʻquvchini fan daftari boʻlmagani uchun urgan direktor oʻrinbosariga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Samarqandda oʻquvchini kaltaklagan direktor oʻrinbosariga “hayfsan” berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi maktablardan birida oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat boʻyicha maxsus ishchi guruh oʻrganishlar olib borgan. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, oʻquvchini 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari M.Sh. urgani aniqlangan. U 8- “A” sinfga 2-soatda tarbiya fanidan dars oʻtish jarayonida oʻquvchi X.A. bilan daftari yoʻqligi uchun ziddiyatga kirishgan.

Oʻqituvchi M.Sh. ushbu harakatlari bilan tegishli qonunlarni qoʻpol ravishda buzganligi uchun maktab direktorining tegishli buyrugʻiga asosan, unga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Mashhur yangiliklar