2 Dekabr 2024, 14:45 Jahon

Rossiyalik deputat rubl kursi tushishida migrantlarni aybladi

Rossiya Kommunistik partiyasi deputati muhojirlar valyutani sotib olishi tufayli dollar sun’iy ravishda oshayotganini aytdi.

Rossiyalik deputat rubl kursi tushishida migrantlarni aybladi

Migrantlar Rossiyada ishlab topgan mablag‘larini o‘z vatanlariga jo‘natayotgani sababli dollar kursini sun’iy ravishda rag‘batlantirmoqda. Bu haqda Rossiya Kommunistik partiyasi deputati Mixail Matveyev xabar berdi.

Rossiyada mehnat qilayotgan millionlab migrantlar har yili topgan mablag‘larini vatanlariga yubormoqda. Bu o‘tkazmalar bo‘yicha aniq ma’lumotlar bir necha yildan buyon yashirib kelinmoqda, biroq mavjud axborot o‘nlab milliard dollar miqdoridagi mablag‘ haqida so‘z borayotganini ko‘rsatmoqda, dedi Matveyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda Rossiyadan Tojikistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan yarmiga teng. Rossiyadan Qirg‘izistonga uning yalpi ichki mahsulotining qariyb uchdan bir qismiga teng bo‘lgan mablag‘, O‘zbekistonga esa YIMning 12-15 foizini (14,5 milliard dollardan ortiq) tashkil etuvchi pul mablag‘lari jo‘natilgan.

Shuningdek, u “MDHning ko‘plab do‘st davlatlari Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar joriy qilgani va MIR kartalari bilan ishlashdan bosh tortgani, bu esa ushbu davlatlarga Rossiyadan rubl o‘tkazmalarini qiyinlashtirgani”ni aytdi.

Mashhur yangiliklar