Rossiyada migrantlar uchun imtihon narxlari belgilandi
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilab qo‘yildi.
Rossiyaning Fan va oliy ta’lim vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlarning yagona narxini belgilashni taklif qildi. Tegishli qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida e’lon qilindi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, vazirlik quyidagi yagona narxlarni taklif qilmoqda:
- fuqarolik olish uchun rus tili imtihoni — 2950 rubl;
- fuqarolik olish uchun tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon — 2950 rubl;
- vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon — 5900 rubl;
- ishlashga ruxsatnoma yoki patent olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon — 3800 rubl.
Hozirda mazkur imtihonlar uchun yagona narx belgilanmagan. Imtihon o‘tkazuvchi tashkilot ushbu xizmatlar narxini o‘zi belgilaydi. Bu imtihon o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita xarajatlar va qo‘shimcha qiymat solig‘ini o‘z ichiga oladi.
Xizmat narxining maksimal miqdori ham belgilangan. U hozirda Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan doimiy narx sifatida belgilash taklif etilayotgan miqdorlar bilan deyarli bir xil: vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) uchun — 5900 rubl, ish ruxsatnomasi yoki patent uchun — 3800 rubl.
Мавзуга оид хабарлар:
Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni yoqlab chiqdi Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayol qamaldi Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila vatanga qaytarildi Rossiyalik deputat rubl kursi tushishida migrantlarni aybladi Dekabrdan boshlab Rossiyaga kirishda xorijliklar biometriyadan o‘tadi