2 Dekabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

“G‘ishtko‘prik” postida 40 bosh qushni kiyimining ichiga yashirib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

“G‘ishtko‘prik” postida 40 bosh qushni kiyimining ichiga yashirib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatidagi bojxonada 40 bosh qushni kiyimining ichiga yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Viloyat bojxona boshqarmasining xabar berishicha, viloyatdagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik paytida shaxs egnidagi kiyimining ichiga og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 40 bosh sa’va qushlari yashirilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Mashhur yangiliklar