2-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
“O‘zgidromet” 2-dekabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 3 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.