29 Noyabr 2024, 15:13 Oʻzbekiston, Sport

O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi

Bahodir Jalolov va boshqa Olimpiada chempionlari imzosi tushirilgan qo‘lqop auksionda 26 millionga sotildi.

O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi

Toshkentda qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi doirasida o‘tgan xayriya kimoshdi savdosida 10 bosh uzum 30 mln, Olimpiada qahramonlari – Diyora Keldiyorovaning kimonosi 6 mln, bokschilar qo‘lqopi esa 26 mln so‘mga sotildi.

Tashkilotchilarning aytishicha, tushgan pullar oqqon va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

“O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tgan. Anʼanaga ko‘ra suratlarga narx belgilanmagan, tashrif buyuruvchilar istagan narxlarida sotib olishlari mumkin edi.

Boks bo‘yicha Olimpiada chempionlari imzolari tushirilgan qo‘lqopning auksion savdosi qizg‘in o‘tdi va narx 26 mln so‘mga qadar chiqdi. Ushbu qo‘lqopni samarqandlik Jo‘rabek Farmonov xarid qildi. Qo‘lqop egasi va ushbu auksionda unga erishish uchun oxirigacha kurashgan fermer ayol bokschi Bahodir Jalolov bilan tushlik qilish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

G‘olib bemor bolalar qo‘llab-quvvatlanayotganidan xursand ekanini bildirgan va kimononi yanagi savdolarga qo‘yish uchun “Sen kuchlisan” jamoasiga qayta hadya qilgan.

Mashhur yangiliklar