Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi
Unga keyingi yilning 6-fevral kuni Devid Spilmont raqiblik qiladi.
2025-yilning 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu kechada superog‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. Unga o‘sha kuni fransiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi jangni rasman tasdiqladi. Bahodir Artur Biyarslanov va Mohamed Mimun o‘rtasidagi markaziy jangning anderkardida ringga chiqadi.
Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi jangini 2023-yil 17-noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi.
Uning bo‘lajak raqibi Devid Spilmont esa shu kungacha 27 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.
Мавзуга оид хабарлар:
WBC’ning yangilangan reytingi eʼlon qilindi Espinosani nokautga uchratgan Ahmadaliyev Naoi Inouega murojaat qildi O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlab oldi va oltin medaldan quruq qoldi Qudratillo Abduqahhorov 15-dekabr kuni Meksikada jang qiladi Murodjon Ahmadaliyev jangidan oldin nigohlar toʻqnashuvida qatnashdi