29 Noyabr 2024, 08:15 Oʻzbekiston

“O‘zgidromet” sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor.

“O‘zgidromet” sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” direktori tezkor gidrometeorologik axborot e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 29-noyabr—2-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

29-noyabr—1 dekabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30-noyabr—1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1—2-dekabrga kelib, 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 29-noyabr-1 dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mashhur yangiliklar