28 Noyabr 2024, 14:20 •Oʻzbekiston
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi
Uning o‘rniga Hisob palata raisi Adiz Boboyev tayinlanishi kutilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tahririyat jurnalisti qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati bilan bog‘langan.
Turdimovning matbuot kotibi Manuchehr Mirzayevning ma’lumot berishicha, bugun viloyat hokimligida odatiy, navbatdagi sessiya bor.
Lekin Telegram’da tarqalayotgan xabar bo‘yicha bilmadim. Hozircha bu haqda gap yo‘q, degan Manuchehr Mirzayev.
Telegram’dagi “Generalissimus” kanalida ma’lum qilinishicha, Turdimovning o‘rniga Hisob palata raisi Adiz Boboyev tayinlanishi kutilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin Ikki viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi Samarqandda hisobchi korxonaning 6,4 mlrd soʻmini qimorda yutqazib qoʻydi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Yangiyo‘lda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan shaxs umrbodga qamaldi
28 Noyabr 2024, 18:10Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
28 Noyabr 2024, 17:28Dekabrdan boshlab Rossiyaga kirishda xorijliklar biometriyadan o‘tadi
28 Noyabr 2024, 16:44Toshkentning “Sputnik” massivini yangilash ishlari boshlandi
28 Noyabr 2024, 16:12O‘zbekistonda aholi soni har yili 700 mingdan ortiq kishiga oshmoqda
28 Noyabr 2024, 15:39Tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgan haydovchiga nisbatan hukm o‘qildi
28 Noyabr 2024, 14:55Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi
28 Noyabr 2024, 14:20Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi
28 Noyabr 2024, 13:47