Yil boshidan buyon gaz bilan bogʻliq holatlar sabab vafot etganlar soni ochiqlandi
“Hududgaztaʼminot” aholini gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga beʼtibor boʻlmaslikka chaqirdi.
Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida gaz bilan bogʻliq holatlar sabab 82 kishi vafot etdi. Bu haqda kecha, 27-noyabr kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqarma boshligʻi Abdusattor Qayumov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2024-yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika boʻyicha gaz bilan bogʻliq jami 74 ta favqulodda holat sodir boʻlgan. Buning oqibatida 82 kishi vafot etgan, yana 80 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
“Hududgaztaʼminot” masʼuliga koʻra, gaz bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlar soni 2023-yilning mos davri bilan taqqoslaganda nisbatan kamaygan. Oʻtgan yili gaz bilan bogʻliq jami 86 ta holat sodir boʻlgan. Buning oqibatida 88 kishi vafot etgan, 119 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Afsuski ayrim fuqarolarning qoidalarni bilmasliklari, unutib qoʻyishlari, mensimasliklari yoki eʼtiborsizliklari baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarmoqda, deydi Abdusattor Qayumov.
U shuningdek, barcha isteʼmolchilarga gaz uskunasi oʻrnatilgan xonalarda is gazini aniqlaydigan maxsus qurilmalardan foydalanishni tavsiya etgan. Bu moslamalar xonada gaz yoki is gazi toʻplanganda ovozli xabar beradi va gaz taʼminotini avtomatik toʻxtatadi.
Taʼkidlanishicha, isteʼmolchilar gaz bilan bogʻliq holatlar boʻyicha 1104 qisqa raqamli telefoni hamda “Xavfsiz gaz” Telegram guruhlari orqali murojaat qilish mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Buxoroda 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Toshkent viloyatida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi