26 Noyabr 2024, 13:28 Oʻzbekiston

Boʻstonliqda 7 ta “dacha” energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Hozirda yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda.

Boʻstonliqda 7 ta “dacha” energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “dacha”larda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanilishi ahvoli oʻrganilgan. Unda mazkur “dacha”larning 7 tasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Hozirda yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura tadbirkorlardan faoliyati davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishlarini soʻragan.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etayotganini eslatgan.

Mashhur yangiliklar