Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.
25 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston MOQning Bosh assambleyasida prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarov, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatov, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimov saylandi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.
Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi, deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya a’zolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnashdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-2025 oʻyinlariga mezbonlik qilmaydi Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi