Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-2025 oʻyinlariga mezbonlik qilmaydi
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi.

2025 yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi o‘zgardi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Osiyo Olimpiya kengashi O‘zbekiston mezbonligida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar o‘rtasidagi 3-Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Bahraynda o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Bugun, 2 dekabr kuni o‘tkazilgan tashkilot ijroi qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi, deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va «Toshkent-2025» Osiyo o‘yinlari direksiyasi direktori Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining bu qaroriga hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.
Yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9 ta sport turidan 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasiga yangi rahbar saylandi O‘zbekiston 2027 yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi MOQ Toshkent-2025 bekor qilingani yuzasidan bayonot berdi
Soʻnggi yangiliklar







