25 Noyabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Farg‘ona viloyatida “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyatida “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyatida valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Deparatment xabar bermoqda.

Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.A. fuqaro M.X.ga jami 3 700 AQSh dollarini 47,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, M.A. muqaddam JKning 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan sudlangan.

Yana bir holatda, Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro K.R. fuqaro K.Shga 3 500 AQSh dollarini 44,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar