22 Noyabr 2024, 14:48 Oʻzbekiston

Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi

Jizzax viloyatida shartnomasiz tarmoqqa ulangan fermer xoʻjaligi 3,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, energetika xavfsizligi oyligi doirasida inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.

Tadbirda Sharof Rashidov tumanida joylashgan “J.D.S.Y.” fermer xoʻjaligi masʼullari tomonidan 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlangan.

Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln soʻmlik zarar yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mashhur yangiliklar