20 Noyabr 2024, 12:30 •Oʻzbekiston
Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Hozirda Pop tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning 3 nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Maʼlum bo‘lishicha, 18-noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani, “Iskovut” MFYda yashagan 36 yoshli A.B., farzandlari 10 yoshli O.A. hamda 14 yoshli A.A. yashash xonadonida isitish uchun o‘rnatilgan qo‘lbola usulda tayorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Shuningdek, xonadonda bo‘lgan A.B.ning turmush o‘rtog‘i G.M. is gazidan zaharlanib, og‘ir holatda tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
20 Noyabr 2024, 17:31Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
20 Noyabr 2024, 16:58Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi
20 Noyabr 2024, 16:20Tijorat banklarida dollar sotuv kursi 13 000 so‘mga yaqinlashshdi
20 Noyabr 2024, 15:39Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
20 Noyabr 2024, 15:02Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi
20 Noyabr 2024, 14:27Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi
20 Noyabr 2024, 13:48Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi
20 Noyabr 2024, 13:10