14 Noyabr 2024, 08:17 •Oʻzbekiston
Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Fargʻona shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola alkogol mahsulotlari tayyorlanganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Fargʻona shahri hududida faoliyat yurituvchi “K.L.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida fuqaro A.K. alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan.
Ushbu shoxobchadan 17 ta nomdagi 189 dona qoʻlbola alkogol mahsuloti, 146,5 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 339 mln so‘mlik energiya resurslaridan noquniy foydalanildi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi Samarqandda 600 dollar evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Braziliyada erkak Oliy sud binosi yaqinida o‘zini portlatdi
14 Noyabr 2024, 19:22Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi
14 Noyabr 2024, 18:39Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi
14 Noyabr 2024, 18:02Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi
14 Noyabr 2024, 17:38“Oʻzbekiston temiryoʻllari” 1-dekabrdan yuk tashish tariflarini oshiradi
14 Noyabr 2024, 16:53Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi
14 Noyabr 2024, 16:18Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi
14 Noyabr 2024, 15:44“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd soʻmga sotildi
14 Noyabr 2024, 15:10