Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Jizzax viloyatida ko‘p miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
“O‘zenergoinspeksiya”ning viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura departamenti va DXX hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘.ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalari (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 160 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda mashinada 50 kilodan ortiq narkotik modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi Samarqandda pora olgan podpolkovnik qo‘lga tushdi DXX 4 ta viloyatda noqonuniy yer sotganlarni qo‘lga oldi