13 Noyabr 2024, 09:40 Jahon, Oʻzbekiston

Penzada YTHga uchragan o‘zbekistonliklar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

Hozirgi kunda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Penzada YTHga uchragan o‘zbekistonliklar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar YTHga uchragani xabar qilingandi. Halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi.

“KamAZ” yuk mashinasi va Cobalt avtomobili to‘qnashgandi. Oqibatda 1996-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi hamda 1980 va 1965-yilda tug‘ilgan ikki yo‘lovchi erkak voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotda halok bo‘lganlarning bir nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani qayd etilgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, olib borilgan tadbirlar natijasida halok bo‘lganlarning ikki nafari (1980 va 1996-yilda tug‘ilgan fuqarolar) O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlandi.

Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat vakillarining ko‘magida turli jarohatlar olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Kuznesk tumanlararo shifoxonasidan Penza shahar 6-markaziy klinik shifoxonasiga ko‘chirilgan.

Tibbiyot muassasasining shifokorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, doimiy aloqa o‘rnatilib, ahvoli bo‘yicha muntazam ravishda ma’lumot olinmoqda, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda Bosh konsulxona jasadlarni vatanga qaytarish bo‘yicha zarur rasmiylashtiruv ishlarini yakunlash choralarini ko‘rmoqda.

Mashhur yangiliklar