12 Noyabr 2024, 18:33 Iqtisod

Oʻzbakistonda kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda.

Oʻzbakistonda kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda

Prezident tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun imzolandi.

Kiritilayotgan qoʻshimchalar bilan koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinishi belgilanmoqda:

  1. koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi;
  2. koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasining koʻchirma nusxasi – koʻp kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda;
  3. qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobi;
  4. qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi maʻlumotlar.

Shuningdek, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari oʻzlari koʻrsatgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi daʻvolar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

Bunda, ularninr talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Mashhur yangiliklar