Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Navoiy viloyatida Nexia va Exeed to‘qnashdi, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Navoiyda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 9 noyabr kuni soat taxminan 16:00 larda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Navoiy-Uchquduq” yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan transport vositasini quvib o‘tish jarayonida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Exeed mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonada vafot etgan.
Keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan YTHlarning aksariyatiga tezlikni oshirish, quvib o‘tish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish sabab bo‘lmoqda. Haydovchilarning o‘ziga ortiqcha ishonib yuborishi, afsuski, yo‘llarda o‘lim holatlarini keltirib chiqaryapti. Shu sababli, haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘rab qolamiz, dedi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov.
Hozirda YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, YTH sabablari va aniq xulosalar tergov jarayonida ma’lum bo‘ladi.