Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Hozirgi kunda unga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent va Samarqand shahrida fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 7,4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 10,7 ming AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 8-sinf qiz o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani aytilmoqda Samarqandda 600 dollar evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi Samarqandda pora olgan podpolkovnik qo‘lga tushdi Samarqandda bir oilaning 4 a’zosi botulizmdan zaharlandi Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi