MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi
Toshkentda MIB mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgani aniqlandi.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari ish yurituvidagi ijro hujjatlarini asossiz tamomlash oqibatida fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, ular tomonidan 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan “S.B” MChJdan davlat foydasiga 19 mlrd so‘mlik, “P.P” MChJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilgani oqibatida ushbu soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.
Shuningdek, “SCG” MChJ dan 26,3 mlrd so‘m, “R.F.P.” MChJdan 19,4 mlrd so‘m va “Ya.M.S.E.T” MChJdan 1,7 mlrd so‘m davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mazkur korxonalar faoliyat yuritib kelayotgan manzili aniq bo‘la turib, asossiz tamomlangan.
Shu kabi “P.E.E.S” MChJdan undiruvchi “B.P.T” MChJning foydasiga jami 1,9 mlrd so‘m, “M.S.” MChJdan undiruvchi “S.” AJning foydasiga 1,1 mlrd so‘m qarzdorlikarni, qarzdor B.P.dan undiruvchi N.G.ning foydasiga 332 mln so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararni, qarzdor “M.T” MChJdan davlat foydasiga 6,3 mlrd so‘m va 331 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar mavjud bo‘la turib, asossiz yakunlangan.
Holatlar yuzasidan o‘rganish mobaynida to‘plangan hujjatlar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi