Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi
Deputat Oʻktamjon Axunov esa Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi.
Bugun, 7-noyabr kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Bahtiyorjon Rasulovning joriy yil 27-oktyabr sanasida boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiya ishi davomida deputat Oʻktamjon Axunov Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Andijon viloyati hokimi lavozimiga Prezident tomonidan Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qaroriga muvofiq, Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryoga hokimlar tasdiqlandi