Ikki hududda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tashkilotning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda Z.T. xususiy korxonasi va Ch.Z. oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Jami 1,5 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Olmazor tumanidagi tekshiruvda fuqaro J.M. Xonchorbog‘ mahallasi hududidagi xonadonda ishlab chiqarish sexi tashkil etgani ma’lum bo‘lgan. U tijorat maqsadida 4 dona elektr pechini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 567,6 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketidi, oqibatida uch yo‘lovchi vafot etgan Toshkent viloyatida 581,1 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi