30 Oktabr 2024, 12:30 Oʻzbekiston

Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi 3000 soʻm etib belgilandi

Agar toʻlov karta (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) orqali amalga oshirilsa, 2400 soʻm boʻladi.

Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi 3000 soʻm etib belgilandi

Farg‘ona viloyatida jamoat transportining yangi tabaqalashtirilgan narxlari belgilandi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov chiqargan qaror e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining shaharlarida, shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi.

  • avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun yo‘l haqi — 3000 so‘m;
  • jamoat transportida elektron shaklda to‘langan to‘lov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik rag‘batlantiruvchi yo‘l haqi tarifi — 2400 so‘m;
  • yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yo‘lovchi uchun — 4000 (to‘rt ming) so‘m.

Ma’lumot uchun, 2023-yil noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida yo‘l haqi naqd yoki bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mgacha, ATTO transport kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda esa 1700 so‘mgacha oshirilgandi.

Mashhur yangiliklar