Toshkentda oltin quymalarini kosmetika ichiga yashirgan shaxs ushlandi
Toshkent aeroportida oltin quymalari va xitoy tangalarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi.
Toshkent xalqaro aeroportida oltin quymalari va xitoy tangalarini noqonuniy ravishda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.
Fuqaroning qo‘l sumkasi bojxona xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy og‘irligi 187 gramm bo‘lgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar kosmetika kremi ichiga yashirilgani aniqlandi.
Shundan so‘ng ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning yonidan og‘irligi 20 gramm bo‘lgan quyma tilla uzuk ham borligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi Toshkent aeroportida sogʻligʻi yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshdi Buxoroda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi