To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi
1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi.
To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, bu quyidagi toifaga kiruvchilar uchun amal qiladi:
- bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich),
- qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga (PF-213-sonli farmonga asosan) talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich)
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida (avval 25 foiz to‘lovni 15-sentabrgacha to‘lash zarurati belgilangandi), tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Keltirilishicha amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi Qoraqalpog‘istonda OTMga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin